“Roma” ikki futbolchini nishonga oldi

  • 12 noyabr, 2021, 13:25
  • 0
  • Futbol

“Roma” sport direktori Tyago Pinto ikki transfer bo‘yicha ish boshladi. Joze Mourino talabiga ko‘ra bu mutaxassis birinchi bo‘lib, “Borussiya M” yarim himoyachisi Denis Zakariyani Rimga ko‘chirib kelishi kerak.

24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda 10 ta uchrashuvda bir juft gol urdi va bitta golli pas oshirdi. Myonxengladbaxliklar yozda shartnomasi tugaydigan o‘yinchini qishda qo‘yib yuborish uchun 30 million evro talab qilyapti.

Rimliklar nishonidagi ikkinchi futbolchi “Leyptsig” himoyachisi Benyamin Xenriks hisoblanadi.

24 yoshli futbolchi himoyaning istalgan nuqtasida ishonchli o‘ynay olishi bilan Mourino e’tiborini tortdi. Bundan tashqari Xenriks maydon markazida ham to‘p tepishga qodir. Joriiy mavsumda oltita uchrashuv o‘tkazgan futbolchining transferi 10 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!