"Roma" La Ligadan yarim himoyachi olib kelmoqchi
"Roma" klubi yozgi transfer oynasi oldidan hujumkor yarim himoyachi qidirmoqda. Bu esa jamoa yetakchilaridan biri Paulo Dibalaning ketishi ehtimoli bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rimliklar Ispaniyaning "Almeriya" klubida to‘p surayotgan Serxio Arribasni nishonga olgan. Jamoa vakillari futbolchining o‘yinlarini yaqinidan kuzatmoqda.
Arribas "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining bozor qiymati taxminan 15 million yevroga baholanmoqda. Uning "Almeriya" bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar