"Roma" "Lester" futbolchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 25 may, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” klubi mavsumlar oralig‘ida o‘zining markaziy chizig‘ini mahoratli futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Rim grandi 26 yoshli belgiyalik futbolchini yozgi transfer oynasida tekinga qo‘lga kiritish uchun uning agentlari bilan muzokaralarni kuchaytirgan.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi "Lester"ni tark etishiga bir necha qadam qoldi, chunki uning shartnomasi kelasi oy o‘z nihoyasiga etadi. Tilemans joriy mavsum “Lester” tarkibida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!