
“Roma” “Manchester Siti” futbolchisi bilan tarkibni kuchaytirdi
“Roma” yozgi transferlar mavsumida tarkibni yangilashga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Kecha rimliklar "Manchester Siti" klubi yaap qanot himoyachisi Aleksandar Kolarovni bilan shartnoma imzoladi.
31 yoshli o‘yinchi yangi klub bilan 3 yillik kelishuvga imzo chekkan. Transfer narxi 5 mln evroni tashkil qiladi.
Kolarov Manchesterga 2010 yili “Latsio”dan kelgan edi va bu vaqt ichida APLda 200 o‘yinda 2 marta chempionlik titulini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar