“Roma” Mourino bo‘yicha kutilmagan qarorini aytdi

  • 10.01.2024 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” rahbariyati tez orada bosh murabbiy Joze Mourino bilan hamkorlik masalalariga oydinlik kiritib olishi kerak.

Portugaliyalik mutaxassisning uch yillik shartnomasi kelasi yoz o‘z nihoyasiga etadi. Hozirning o‘zida Mourinoga takliflar etarli.

Calciomercato nashrining yozishicha, Rim klubi mutasaddilari ham Mourinoga yangi shartnoma berishga qaror qildi.

Unga ko‘ra, rimliklar Mourinoga bir yillik shartnoma beradi va kelasi mavsum jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, bu bitim avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytiriladi.

Aslida Joze 2021 yili “Roma”ga taklif qilinganida uning oldiga jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqish vazifasi qo‘yilgandi. Biroq mashhur mutaxassis uch yildan beri buni uddalay olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!