"Roma" muxlislari uchun noxush xabar!
“Roma” yarim himoyachisi Ebrima Darbo kecha tizzasidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, gambiyalik 20 yoshli yarim himoyachi endi maydonga qaytishini uzoq kutadi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Darbo taxminan 6-8 oyni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ebrima Darbo “Roma”ning Portugaliya yig‘inidan o‘rin olgan “Portimonense” klubiga qarshi bahsida jarohat olgan edi.

Fikrlar