"Roma" muxlislarini "eplab bo‘lmayapti"
“Roma” A Seriyada yangi mavsumning birinchi uy uchrashuvini "Kremoneze" klubiga qarshi o‘tkazadi. Xabarlarga qaraganda, "bo‘rilar"ning mavsumdagi birinchi uy o‘yini uchun deyarli barcha chiptalar sotib bo‘lingan.
La Repubblica nashrining yozishicha, poytaxt klubi allaqachon 52 000 muxlis chipta sotib olganini tasdiqlagan. Shulardan 36 000 tasi abonementlar, 16 000 tasi esa faqat shu o‘yin uchun sotilgan chiptalardir.
O‘tgan mavsumda UEFA Konferentsiyalar ligasidagi g‘alabadan olingan eyforiya “Roma” muxlislarida hali ham davom etmoqda. Ular yangi mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda.

Fikrlar