"Roma" og‘ir kechgan bahsda g‘alaba qozondi
A Seriya 10-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Roma" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda rimliklar 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab, mezbonlar futbolchisi Pavoletti hisobni ochdi. 71-daqiqada Ibanes muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib Pellegrini jamoasiga g‘alaba golini taqdim etdi.
Ta’kidlash joiz, ushbu uchrashuvda legionerimiz Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.
Shuningdek, mazkur turda "Empoli" - "Inter" uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda amaldagi Italiya chempioni mehmonda 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar