"Roma" prezidenti Shomurodovni qo‘yib yubormoqchi emas, faqat bitta muammo bor-da!
Rimliklar jamoasi selektsiya ishlariga tayyorgarlik ko‘ryapti. Chempionat tugagach, tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi muqarrar. Bosh murabbiy Joze Mourino rejasi bo‘yicha keladigan va ketadigan futbolchilar ro‘yxati shakllantiriladi.
“Roma”da o‘ynayotgan futbolchimiz Eldor Shomurodovning keyingi taqdiri biz uchun nihoyatda muhim. Garchi, amalda klubi bilan shartnomasi bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda tarqalayotgan gap-so‘zlar sizni ham qulog‘ingizga chalingan bo‘lishi tabiiy.
Ma’lum bo‘lishicha, “Roma” klubi prezidenti Shomurodovni qo‘yib yuborish niyati yo‘q, faqat bitta muammo borligi aytildi. Ya’ni, italyan tilini o‘zlashtirishi biroz qiyin kechayotgani haqida ta’kidlagan.
Bilamizki, Shomurodov italyan tilini o‘rganishga jiddiy kirishgan va bu borada ancha-muncha ko‘nikmalarga ham ega bo‘lib boryapti. Demak, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar