"Roma" qishki transferlar oynasida hujumni kuchaytirmoqchi

  • 20.12.2025 01:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma" qishki transferlar oynasida hujumni kuchaytirishga harakat qiladi. Jamoaning asosiy maqsadi birinchi raqamli hujumchi olib kelish. Buning asosiy sababi klubning straykerlari Evan Fergyuson va Artyom Dovbik mavsumni yaxshi boshlamaganliklarida. Shu bilan birga, ayni paytda ukrainalik futbolchi jarohatda bo‘lib turibdi. 

Rimliklar hozirda "Manchester Yunayted"dan Joshua Zirkze transferi ustida ishlamoqda. Klub uni 40 million evroga sotib olish bandi bilan ijara olmoqchi. 6 oylik ijara uchun Italiya jamoasi 5 million evro to‘lash niyatida. Muzokaralar davom etmoqda. 

Wolverhampton Wanderers v Manchester United - Premier League

Zirkze uchun Italiya begona emas. U "Manchester Yunayted"ga o‘tishidan oldin "Bolonya" safida harakat qilgan. 2023/24 mavsumda hujumchi klub tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan. Ushbu mavsumda esa bitta gol bilan cheklanib turibdi. 

"Roma"ning keyingi transferi "Atletiko"dan Jakomo Raspadori bo‘lishi mumkin. Rim klubi hali aniq taklif bilan chiqqani yo‘q, lekin muzokaralar ketmoqda. Madridliklar safiga yozda kelib qo‘shilgan Raspadori o‘yin amaliyotidan unchalik ham xursand emas. Shu sababli, unga taklif yoqishi mumkin. 25 yoshli italiyalik futbolchi La Ligada 200 daqiqa harakat qildi. 

AS Roma Training Session

"Bo‘rilar" safida 2022 yildan beri to‘p tepib kelayotgan Paulo Dibala jamoani tark etishi mumkin. Ammo qishda emas. Tomonlar buni rejalashtirishmayapti. Uning shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi va argentinalik hujumchi o‘sha paytda erkin agentga aylanishi kutilmoqda.

Dibalaning keyingi manzili "Boka Xuniors" bo‘lish ehtimoli bor. Argentina klubi unga aloqaga chiqqan va yozda erkin agent sifatida futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish maqsadi borligini aytgan. Ammo hali so‘nggi qaror qabul qilinmagan. 

Xabarda Matteo Morettoning insaydlaridan foydalanildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!