
“Roma” transferni barbod qilgan Dzanolodan g‘azabda
Nikolo Dzanolo o‘zining transferi bo‘yicha “Roma”ga kelib tushgan “Bornmut” taklifini qabul qilmadi.
Angliya klubi rimliklarga futbolchi uchun qishki transferlar vaqtida 30 million evro to‘lab, masalani birdaniga hal qilishni taklif qilgandi.
Nikolo qudratliroq klublardan chorlov bo‘lishi uchun “Bornmut”ga rasman rad javobini berdi. Mo‘may puldan quruq qolgan “Roma” xo‘jayinlari o‘yinchining xatti-harakatlaridan jumbushga keldi.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Dzanolo o‘z kelajagini yozda hal qilish uchun “Roma”dan ketish masalasini mavsum oxiriga qoldirmoqchi.
Fikrlar