"Roma" Ukraina terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi

  • 28.12.2020 17:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belgiyaning "Gent" klubi va Ukraina terma jamoasi forvardi Roman Yaremchuk faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 25 yoshli futbolchiga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Agar rimliklar "Barselona"dan sotib olingan Karles Peresdan qutila olsa, Yaremchukni yanvardayoq, tarkibga qo‘shib olmoqchi.

Yaremchuk "Gent" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!