"Roma" Ukraina terma jamoasi forvardini sotib olmoqchi
Belgiyaning "Gent" klubi va Ukraina terma jamoasi hujumchisi Roman Yaremchuk faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Voetbal24.be nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga "Roma"dan jiddiy qiziqish paydo bo‘la boshlagan. Rimliklar uning transferi uchun belgiyaliklarga 12 mln evro to‘lashga tayyor. Ammo “Gent” uni qimmatroqqa sotmoqchi.
Yaremchuk joriy mavsum “Gent” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar