"Roma" xavbeki "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 8 iyun, 2019, 23:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Stampa nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turinliklar 19 yoshli italiyalik futbolchi uchun 40 million evro hamda Mattia Perin yoki Xuan Kuadradodan birini qo‘shib berishga tayyor. Biroq, uning jamoadagi kelajagini yangi tayinlanadigan bosh murabbiy hal qiladi.

Ma’lumot uchun, Dzanolo yakunlangan mavsum “Roma” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!