
"Roma" xujumchi oladi. Shomurodov klubni tark etishga asosiy da’vogar
"Roma" klubi o‘z safiga yangi hujumchi qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "footballnews24.it" nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, rimliklar tarkibni kuchaytirish va hujumda raqobatni oshirishga e’tibor qaratmoqchi. Joze Mourino oldingi chiziqdagi muammolar sabab hujumga yaxshiroq variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Murabbiyning fikricha, Temmi Abraxamni almashtira oladigan hujumchi kerak. Shuning uchun Joze futbolchi qidirmoqda.
Yangi hujumchi keladigan bo‘lsa, Eldor Shomurodov jamoani tark etish uchun asosiy nomzod bo‘lishi mumkin. Mourino bu borada Angliya va Italiyadan hujumchi qidirmoqda.
Fikrlar