
“Roma”da yangi lider paydo bo‘ldi
Italiya terma jamoasi va “Roma” sobiq futbolchisi Rujero Ritstsitelli poytaxt klubining transfer siyosatini maqtadi.
- Paulo Dibala kabi o‘yinchilarning zo‘rligiga hech qanday shubha yo‘q. Argentinalik hujumchi o‘z darajasini anchadan beri ko‘rsatib kelyapti. Hammani xavotirga solgan yagona masala Dibalaning jismoniy holati edi. Lekin Rim klubi uni jiddiy tekshiruvdan o‘tkazdi.
Rim klubi muxlislarining Dibalaga muhabbati cheksiz bo‘ladi. Dibala “Roma”ning yangi etakchisi. Hali debyutini nishonlamagan bo‘lsa-da, Paulo jamoaning eng mahoratli ijrochilaridan biri ekani aniq. Menimcha, avval “Roma”ga aynan mana shunday o‘yinchi etishmagan.
Dzanolo ham universal hujumchi, lekin uning ijrochilik mahorati boshqa. Nikologa texnika etishmaydi, Dibala esa bu ishning ustasi. Dibala va Temmi Abraxam tandemi A Seriyaning eng qudratli hujum juftligi hisoblanadi.
Paulo avval top-klubda o‘ynagan va katta uchrashuvlarda tajriba to‘plagan. Shuning uchun ham u “Roma”da ortiqcha bosimni his qilmaydi. U to‘g‘ri tanlov qildi, - dedi Rujero Ritstsitelli.
Fikrlar