“Roma”da yangi yulduz porlay boshladi

  • 23.03.2026 18:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

​Qishki transfer oynasi darida “Marsel”dan Italiya ning “Roma” jamoasiga o‘tgan 19 yoshli Robinho Vaz A Seriyada o‘z so‘zini ayta boshladi.

“Lechche”ga qarshi o‘yinda g‘alaba golini kiritgan hujumchi asta-sekin rimliklarning asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin egallamoqda.

​Jamoa ustozi Jan Piero Gasperini yosh iqtidorga yuqori baho berdi:

​“Unga tikilgan katta sarmoya biroz bosim o‘tkazishi tabiiy, lekin o‘zining tezkorligi bilan u o‘yin taqdirini o‘zgartira oladi”.

​Jamoadoshi Mario Ermoso esa Vazning moslashuv jarayoni haqida to‘xtaldi:

“Boshqa davlatga ko‘nikish oson emas, lekin u o‘zini tajribali futbolchilardek tutmoqda. Unda iqtidori yetarli”.

​Debyut gol haqida Vaz shunday dedi:

“Bu mening bu yerdagi birinchi golim, jamoaga yordam berishda davom etishga umid qilaman. Qiyin damlarda ham to‘xtamaslik va yanada kuchliroq bo‘lishimiz kerak”.

​Hozirda “Roma” Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun kurashmoqda va Vazning sermahsul o‘yini jamoa uchun juda muhim hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!