“Roma”dan taklif bo‘lgani yolg‘on!

  • 13.07.2022 22:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Atalanta” sharafini himoya qilayotgan rossiyalik futbolchi Aleksey Miranchuk “Roma”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqatildi.

Bergamo klubi sport direktori Toni D’Amiko bunga munosabat bildirdi.

- “Roma” Aleksey Miranchukka qiziqish bildiryaptimi? Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Futbolchining “Roma”ga o‘tishi imkonsiz, - dedi “Atalanta” transferlariga mas’ul bo‘lgan Toni D’Amiko.

26 yoshli hujumkor futbolchi 2020 yilning yozidan beri “Atalanta” sharafini himoya qilib kelmoqda. Miranchuk o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushdi. Shu uchrashuvlardan faqat ikkitasida to‘liq o‘ynadi. Aleksey mavsumni ikkita gol va beshta assist bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!