“Roma”ga kerak bo‘lmay qolgan hujumchini olishga pulimiz etmaydi!

  • 30 may, 2022, 13:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarga boshqa ish joyi topib berishi kerak. Aks hola klub rahbariyati o‘ynamaydigan futbolchilar uchun ham maosh berib, xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Ana shunday o‘yinchilardan biri Jastin Klyuyvert.  Niderlandiyalik hujumkor futbolchi mavsumni ijara asosida “Nitstsa”da o‘tkazdi.

“Nitstsa” Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan taqdirda Klyuyvertning transfer huquqini sotib olishga majbur bo‘lardi. Lekin bu klubga qit’aning eng nufuzli turniriga yo‘llanma olish uchun uch ochko etmadi.

Frantsuz klubi hamon niderlandiyalik o‘yinchini sotib olishi mumkin. Lekin ularga rimliklar belgilagan badal puli – 14 million evro qimmatlik qilmoqda. Katta ehtimol bilan Jastin Rimga qaytadigan bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!