
Roman Shirokov "Zenit" va "Rostov" futbolchilarini e’tirof etdi
Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Roman Shirokov Rossiya premer-ligasining hozirgi kundagi eng yaxshi futbolchilari kimligini aytdi.
“Artyom Dzyuba - chempionatdagi eng yaxshi mahalliy futbolchi. Xorijlik futbolchilar orasida esa Roman Eryomenko u bilan raqobatlashishi mumkin”, - deydi Shirokov.
31 yoshli Dzyuba joriy mavsum RPLda 21 ta o‘yinda 13 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
33 yoshli Eryomenko esa 17 ta o‘yinda “gol+pas” tizimida 8 bal to‘plagan.
Fikrlar