"Roma"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 7 aprel, 01:19
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha daqiqa oldin Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan bahs o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu turda "Roma" o‘z uyida Turinning "Yuventus" klubini qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Rimliklarning yagona golini hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 
 
Milliy terma jamoamiz sardori ikkinchi bo‘limning avvalida Mats Xummels o‘rniga maydonga tushib, hisobni tenglashtirgan edi. 
 
Uning bugungi o‘yindagi harakatlarini bir nechta mashhur portallar turlicha baholadi! 
 
Sofascore hamyurtimizning turinliklarga qarshi bahsini 7.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, Fotmob portali ]futbolchimizga 7.3 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, Flashscore nashri esa  hujumchimizni 7.4 deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, "Roma" navbatdagi uchrashuvini "Latsio"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv esa 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
07/04/2025 01:56
Элдор яшавор биз сен билан