“Roma”ni UEFA Chempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqqan murabbiy yangi ishdan haydaldi

  • 14.09.2021 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

A Seriyaning yangi mavsumida birinchi iste’fo yuz berdi. “Verona” rahbariyati ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan keyin bosh murabbiy Eusebio Di Francheskoni lavozimidan ozod etdi.

52 yoshli mutaxassis “Verona”ni shu yilning 7 iyunida qabul qilib olgandi. Biroq uning ishi va jamoa ko‘rsatayotgan natijalar klub rahbariyatiga ma’qul kelmadi. Eusebio bilan birga uning murabbiylar shtabi ham ishsiz qoldi.

“Verona” o‘tgan mavsumda xorvatiyalik murabbiy Ivan Yurich qo‘l ostida chempionatni 10-o‘rinda yakunlagan edi.

Di Franchesko ilgari “Sassuolo”, “Roma”,  “Sampdoriya”, “Peskara”, “Lechche” kabi jamoalarni boshqargan. 2017-2018 yilgi mavsumda “Roma” jamoasini Chempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqqan edi. O‘shanda rimliklar chorak finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Messi boshchiligidagi “Barselona”ni mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!