"Roma"ning bugungi o‘yinini qaysi telekanalda tomosha qilish mumkin?
Italiya chempionati 5-turida "Roma" o‘z uyida o‘ynaydi. Rimliklarga bu gal "Udineze" raqiblik qiladi.
Uchrashuv bugun 23:45da start oladi. O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Ayni payt Eldor Shomurodov jamoasi 4 turda 9 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. "Udineze" esa shuncha o‘yinda 7 ochko jamg‘arib, 9-pog‘onani band etgan.

Fikrlar