
"Roma"ning yangi murabbiyi aniq! Mashxur insayder buni tasdiqladi
Jan Pero Gasperini "Roma"ning yangi bosh murabbiy. Bu haqda Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Insayderning ma’lum qilishicha, Rim klubi italiyalik murabbiy bilan 2028 yilning yarmigacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Gasperini "Atalanta"dagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng klubni tark etadi. Mutaxassis 2016 yilning yozida jamoada faoliyat boshlagan edi va 2023-2024 yilgi mavsumda Evropa Ligasida g‘alaba qozongan holda dastlabki sovrinini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar