Romano: Endrik "Real"ni tark etishi mumkin
"Real"ning 19 yoshli hujumchisi Endrik Xabi Alonso qo‘l ostida hali umuman maydonga tushmadi. "Qaymoqranglilar" 2024 yilda 47.5 million evroga sotib olgan braziliyalik yosh talantning zaxirada o‘tirishi ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda.
La Liganing 9-turidan o‘rin olgan "Xetafe"ga qarshi o‘yinda Endrik yana zaxirada qoldirildi. Ikkinchi taymda futbolchilar qizib olish mashqlarini bajarib bo‘lishanidan keyin, u yana maydonga tushmasligini bildi va joyiga kelib o‘tirayotgan paytida suv idishini jahl bilan tepgan. Buni esa Alonso ko‘rgan va unga futbolchining bu harakatlari yoqmadi.

Fabritsio Romano xabar berishicha, hujumchi qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. U ko‘proq o‘yin amaliyoti xahlamoqda. Shuningdek, 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘ynashni istaydi.
Madrid klubi ham takliflarga ochiq. "L'Equipe" nashri esa avvalroq, "Marsel"dan qiziqish borligi haqida yozgandi.



Fikrlar