Romano: Fati "Brayton" futbolchisi
"Barsa" vakili Ansu Fati kutilmaganda "Brayton"ga o‘tishga qaror qildi va tomonlar kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Vinger Angliya klubiga bir mavsumga ijaraga o‘tadi. Uning kataloniyaliklarni tark etishi Joau Feliks transferi uchun yo‘l ochdi. Endilikda rahbariyat portugaliyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda.
Fatining "Brayton"ni tanlashida jamoa bosh murabbiyi De Zerbi katta ro‘l o‘ynadi. 21 yoshli ispanga "Tottenxem" ham qiziqish bildirayotgandi.
Fikrlar