
Romano: Flik "Barselona"da ishlashga qarshi emas
Xavi mavsum so‘nggida "Barselona"ni tark etishini ma’lum qilganidan keyin jamoa rahbariyati yangi bosh murabbiy izlamoqda. Variantlar orasida sobiq "Bavariya" va Germaniya ustozi Xans-Diter Flik ham bor.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, 58 yoshli mutaxassis kataloniyaliklarni boshqarishga qarshi emas. Shu bilan birga, Flikning ayni paytda ispan tilini ham o‘rganayotgani borasida mish-mishlar tarqalmoqda.
Xans so‘nggi marta Germaniya terma jamoasida ishladi. 2021 yilda nemislarni qabul qilib olgan mutaxassis oradan ikki yil o‘tib, iste’foga chiqarildi.
Fikrlar