Romano Yamalning ahvoli haqida ma'lumot berdi

  • 11.06.2026 22:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal asosiy tarkib bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
 

Uning ta’kidlashicha, Yamanning safga qaytishi futbolchining jahon chempionatidagi ilk o‘yinda maydonga tushish ehtimolini oshiradi. Yosh hujumchi 22 aprel­dan beri rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etmagan — u shu kuni «Selta»ga qarshi La Liga bahsida (1:0) jarohat olgan edi. O‘sha o‘yinda Yamal penal­tidan yagona va g‘alaba golini urgandi.
 

Ispaniya jahon chempionatidagi ishtirokini 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Luis de la Fuente boshqaruvida­gi jamoa guruh bosqichida shuningdek Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!