Ronaldу JCh-2026 boshlanishi oldidan ijtimoiy tarmoqlarda xabar yozdi
Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2026 oldidan Nigeriyaga qarshi o‘tkazilgan nazorat uchrashuvi bo‘yicha fikr bildirdi.
Portugaliya ushbu o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqichini yakunladi. Uchrashuvdan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa xabar qoldirdi.
«Tayyorgarlik yakunlandi. Endi butun diqqat-e’tiborimiz jahon chempionatida», — deb yozdi Ronaldu.
41 yoshli tajribali futbolchi JCh-2026da Portugaliya terma jamoasiga munosib ishtirok etishda yordam berishni maqsad qilgan. Guruh bosqichida portugallar DR Kongo, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.
Bundan avval Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martinez Nigeriyaga qarshi o‘yinda Krishtianu Ronalduning almashtirilishi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirgan edi.

Fikrlar