Ronald Kuman debyutantdan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 06.12.2020 12:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 12-turi doirasida "Kadis"dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

"Negredoga o‘zimiz imkoniyat yaratib berdik. Bu bizning aybimiz. Bunday gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak. Ko‘pincha, shu uslubda harakat qilmoqdamiz va bu yanada ko‘proq zarar keltira boshladi. Himoyada etarlicha shiddat yo‘q, yakka kurashlarda g‘alaba qozona olmayapmiz. Bu borada oldinga siljishimiz kerak.

Agar qaysidir shogirdimga motivatsiya etishmasa, men buni matbuot bilan emas, uning o‘zi bilan muhokama qilaman. Vaziyatga tuzatishlar kiritamiz va xarakter ustida ishlashni davom ettiramiz",-dedi niderlandiyalik mutaxassis.

La Liga debyutanti "Kadis" bu mavsum "Real" va "Barselona"ni mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!