Ronaldino Neymarga katta ishonch bildirmoqda
Braziliya terma jamoasi sobiq a’zosi Ronaldino Neymarga katta ishonch bildirmoqda. Uning fikricha Neymar terma jamoa bilan JCh–2018 turnirida g‘olib bo‘lishi mumkin.
“Neymarning o‘yinini tomosha qilish shunchaki zavq bag‘ishlaydi. U ayni damda Braziliya futbolining yorqin namoyandasi. Umrim davomida men himoya qilgan libosda Neymarni ko‘rish katta sharaf.
Neymar Braziliyani JCh g‘olibiga aylantira oladimi? Bu ish uning qo‘lidan keladi. Neymar dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, ishonchim komilki u Rossiyada o‘tadigan JCh–2018 taqdirini ijobiy hal qila biladi”, – dedi Ronaldino.
Fikrlar