Ronaldo "Barselona"dan nega ketishga majbur bo‘lganini aytdi

  • 13.04.2022 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik mashhur hujumchi Ronaldu 1997 yilda "Barselona"dan "Inter"ga o‘tgani haqida gapirdi.

"Men "Barselona" bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olgandim, ammo to‘rt kundan keyin klub prezidenti menga qo‘ng‘iroq qilib, jamoada qola olmasligimni va boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazishim mumkinligini aytdi. "Inter" tezda javob qaytardi va pul to‘ladi. Tovon puli. O‘shanda Italiya chempionati dunyodagi eng kuchli chempionat bo‘lgan”, - dedi Ronaldo Sky Italia nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, "Barselona" Ronaldoni 1996 yilda PSVdan 15 million evroga sotib olgan. Oradan bir yil o‘tib uni "Inter"ga 26,5 million evroga sotgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!