Ronaldo jiddiy lavozim uchun kurashishini aytdi

  • 17 dekabr, 2024, 17:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldo mamlakat futbol konfederatsiyasi prezidenti lavozimi uchun saylovda qatnashishini ma’lum qildi.

Tecno

U 2025 yil yanvar oyidan boshlab tarafdorlari va bo‘lajak hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. CBF saylovlari federatsiyalar va klublar tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

- Keyingi saylovlarda men nomzod bo‘laman. O‘z loyihalarim va rejalarimni namoyish etaman hamda Braziliya futbolining obro‘sini tiklash uchun harakat qilaman. Men o‘zgarishlarning zarurligini to‘liq ochib bermoqchiman va ularni loyihamning jiddiyligiga ishontiraman. Bu loyihani men menejer sifatida meros qilib qoldirmoqchiman, - dedi sobiq hujumchi.

Ronaldo o‘z nomzodini qo‘yishi uchun 27 ta shtat federatsiyasidan kamida to‘rttasi va Braziliya chempionatining A va B seriyalariga kiruvchi 40 ta klubdan to‘rttasining imzolari kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, amaldagi rahbar Ednaldo Rodrigesning vakolat muddati 2026 yil mart oyi oxirida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!