
Ronaldu, Runi va endi navbat Reshfordga!
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford APLning navbatdagi tur o‘yinida "Lester"ga (2:2) qarshi kechgan uchrashuvda gol urishni uddasidan chiqdi.
Bu angliyalikning MYu safida APL doirasidagi 50-goli bo‘ldi. Forvard bu natijaga 23 yoshu 56 kunligida erishdi.
"Qizil iblislar" safida APL doirasdia Reshforddan yoshroq paytida faqat Krishtianu Ronaldu (22 yoshu 341 kunlik) va Ueyn Runi (22 yoshu 157 kunlik) 50 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar