Ronaldu A Seriyaning XXI asrdagi eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylandi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha A Seriyaning 23-turidan o‘rin olgan "Verona"ga (1:1) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va shu tariqa XXI asrda Italiya chempionatida eng ko‘p gol urgan futbolchilar kuchli uchligiga kirib oldi. Bu haqda Stats Foot nashri xabar bermoqda.
Bu 36 yoshli portugaliyalik futbolchining 71-goli bo‘ldi va u bu borada argentinalik jamoadoshi Paulo Dibalani (70) ortda qoldirdi. Hozircha Ronaldudan yuqorida Alessandro Del Pero (188) va David Trezege (123) bormoqda.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 26 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar