Ronaldu alamidan yig‘lab yubordi (foto)
“An-Nasr” futbolchilari Qirol kubogi finalida ashaddiy raqib “Al-Hilol”ni enga olmadi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 1:1. Penaltilar seriyasida ustunlik “Al-Hilol” tomonida bo‘ldi.
Mag‘lubiyatga chidolmagan Krishtianu Ronaldu uchrashuv tugashi bilan maydonga yotib, yig‘lab yubordi. 39 yoshli yulduzni jamoadoshlari va klub xodimlari yupatishga urindi.


Bu mavsum “Al-Hilol” jamoasi “An-Nasr”dan har tomonlama kuchli ekanini isbotladi. Ular chempionatda ham Ronaldu jamoasini ortda qoldirishga erishdi.



Fikrlar