Ronaldу "An-Nasr" safida yana maydonga tushmaydi!
Krishtianu Ronalduni juma kuni "Al-Ittihod"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ham "An-Nasr" safida maydonga tushmaydi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mazkur qaror klub shtabi yoki rahbariyati bilan bog‘liq emas. Shuningdek, portugaliyalik futbolchida hech qanday jarohat yoki jismoniy holat bilan bog‘liq muammo yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldo Saudiya Pro-ligasidagi ayrim klublarga nisbatan yuritilayotgan siyosat sababli Saudiya davlat investitsiya jamg‘armasi rahbariyatidan norozi.
Ma’lumot uchun, forvard o‘tgan turda ham uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan edi.
Fikrlar