Ronaldu “Barsa” yulduzi bilan o‘ynaydi

  • 25.04.2021 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” rahbariyati jamoa hujumkorligini oshirishni maqsad qilgan. Ular Krishtianu Ronaldu yoniga mahoratli futbolchini olib kelmoqchi. 

Shu bois, ular “Barselona”ning hujumkor futbolchisi Usmon Dembelening agentlari bilan muzokara boshladi.

Turin superklubi xo‘jayinlari frantsiyalik o‘yinchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi bo‘lyapti. Buning uchun 23 yoshli Dembele kelasi yili yakunlanadigan shartnomasini yangilamasligi kerak bo‘ladi. Kataloniyaliklar esa. O‘yini ochilib borayotgan yarim himoyachini yana bir necha yilga o‘z safida olib qolmoqchi.

“Yuventus” Usmon Dembeleni A Seriyaga kelishga ko‘ndirish uchun unga “Barselona” to‘layotgan maoshdan ko‘proq pul va’da qilmoqda.

Agar Usmon Dembele tez orada “Barselona” bilan yangi bitim imzolamasa, kataloniyaliklar uni yozda 50-60 million evroga sotib yuborishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!