Ronaldu "Barselona"ga qarshi o‘ynay oladi

  • 04.08.2021 21:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" klubi va Portugulaiya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Joan Gamper kubogi doirasida "Barselona"ga qarshi bo‘ladigan bahsda ishtirok eta oladi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 36 yoshli portugaliyalik hujumchi bir necha kundan buyon asosiy tarkib bilan birga shug‘ullanmoqda. U Barselonada tashkil etiladigan an’anaviy musobaqada ishtirok eta oladi.

Ammo Ronaldu kerakli darajada sport formasini yig‘ib olmagani uchun maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qila olmasligi mumkin.

"Barselona" va "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!