Ronaldu bir zarba bilan tarixiy rekordni sindirdi

  • 1 avgust, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mavsumdagi birinchi goli bilan tarixiy rekordni yangiladi.

Tecno

Saudiyaliklar klublar o‘rtasida Arab mamlakatlari chempionlari kubogi musobaqasining guruh bosqichida Tunisning “Monastir” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“An-Nasr”ning ikkinchi to‘pini portugaliyalik futbolchi kiritdi. Shu tariqa, Ronaldu rasmiy uchrashuvlarda boshi bilan urgan gollari sonini 145 taga etkazib, multaq rekord sohibiga aylandi.

Avvalgi rekord Germaniyaning afsonaviy hujumchisi Gerd Myullerga tegishli bo‘lib, u faoliyati davomida raqiblar darvozasini boshi bilan 144 marotaba ishg‘ol qilgan edi. Bu borada uchinchi ko‘rsatkich ispaniyalik hujumchi Karlos Santilyanaga tegishli. U jami gollaridan 135 tasini boshi bilan kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!