Ronaldu bo‘lmasa Messi “Real”ga gol urolmas ekan!

  • 25 oktabr, 2020, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” va “Real” o‘rtasidagi “el-klasiko” haqida gap ketganida, albatta, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu dueli ham esga olinadi.

Tecno

Qiziq bir holat yuza kelgani aniq bo‘ldi. Lionel Messi asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu Madridni tark etganidan buyon “Real” darvozasini ishg‘ol qila olmayapti. Har ikki futbolchi so‘nggi marotaba 2018 yilning 6 may kuni o‘zaro to‘qnash kelgan. Messi ham, Ronaldu ham bittadan gol urgan o‘yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan. Bir oydan keyin Ronaldu Turinga ko‘chib ketdi.

Shu tariqa, Messi qariyb 900 kundan beri “Real”darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Aniqroq aytganda, Messining “Real”ga urgan  oxirgi golidan keyin oradan ikki yil, besh oy va 20 kun o‘tdi. Messi bu galgi "el-klasiko"dan ham Kurtua darvozasini ishg‘ol qila olmadi va uchrashuv mehmonda o‘ynagan madridliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Messining noxush an’anasi ikkinchi davraga o‘yinigacha davom etadigan bo‘ldi. 

Umuman olganda, argentinalik hujumchi “el-klasiko”larda 44 marotaba ishtirok etgan. Shulardan 19 tasida kataloniyaliklar g‘olib chiqqan, 13 marotaba kuchlar teng kelgan va 12 marta madridliklar ustunlik qilgan.

Messi Ronalduni duelga chaqirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!