
Messi Ronalduni duelga chaqirdi
“Barselona” etakchisi Lionel Messi koronavirus bilan kasallangan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning tezroq maydonga qaytishini kutyapti.
- Ronaldu bilan raqobatimiz doimo muhim bo‘lib qolaveradi. Raqobat uzoq yillardan beri davom etmoqda va buni ushlab turish oson ish emas. Krishtianu bilan duelimiz odamlarga yoqadi. “Real” va “Barsa”ning butun dunyodagi muxlislari zo‘r bellashuvlar guvohi bo‘lgan. Endi ular yana ana shunday imkoniyatga ega bo‘lyapti.
Krishtianu “Real”daligida o‘yinlar o‘zgacha o‘tardi. “El-klasiko” doimo muhim bo‘lgan, lekin Ronaldu o‘ynaganida baribir hammasi boshqacha bo‘lar edi. Bu endi o‘tmishga aylandi.
Biz yangi to‘qnashuvlarga tayyormiz. Men Ronaldu koronavirusdan tuzalib, bo‘lajak o‘yinga tayyor bo‘lishiga umid qilyapman, - dedi Messi.
Chempionlar ligasinig 28 oktyabrga belgilangan ikkinchi tur uchrashuvida “Yuventus” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi. Bu bahs Ronaldu va Messi duelining davomi bo‘lishi kerak edi. Lekin Krishtianu Ronaldu koronavirusdan davolana olmadi. Uning oxirgi testi ham organizmda virus borligini ko‘rsatdi.
Endi Ronaldu uchrashuv oldidan yana test topshiradi. Tekshiruvlarda manfiy natija qayd etilsagina, u “Barselona”ga qarshi o‘yinga tushishi mumkin bo‘ladi.
Dunyo muxlislari kutgan Ronaldu – Messi dueli bo‘lmaydi!
Fikrlar