
Ronaldu bu ishni 23 yildan beri tinimsiz bajarmoqda
Yangi mavsum Krishtianu Ronaldu uchun omadli boshlandi. Portugaliyalik hujumchi o‘ynayotgan “An-Nasr” Saudiya Arabistoni Superubogi yarim finalida “At-Taavun” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“An-Nasr”ga g‘alaba keltirgan gollarda Ronaldu bevosita ishtirok etdi. 39 yoshli yulduz o‘zi gol urishdan tashqari, jamoadoshi Ayman Yahyoga golli pas ham uzatdi.
Shu tariqa, Ronaldu ketma-ket 23-mavsumda gol urishni davom ettirmoqda. Ilgari Krishtianu “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus”da ham har yangi mavsumda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ya olgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Klublar miqyosida 1014 ta uchrashuvda qatnashib, 760 ta gol va 239 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar