Ronaldu bu mavsum sovrin yuta olmaydi

  • 10 aprel, 2022, 11:34
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi. "Everton"ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "qizil iblislar" rasman APL chempionligi uchun kurashdan chiqdi.

Ayni payt 31 o‘yin o‘tkazgan MYu etakchi "Manchester Siti"dan 22 ochko ortda qolmoqda. Klub hozirda 7-pog‘onadan joy egallagan.

Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar ushbu mavsumda "Vest Xem"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, Liga kubogidagi yurishini yakunlagan edi. Angliya kubogida Ronaldu jamoadoshlari "Midlsbro"ga penaltilar seriyasida (1:1, 5:6 pen) yutqazib qo‘ydi. 

EChLda Rangnik shogirdlari "Atletiko" (1:1, 0:1) to‘sig‘idan o‘ta olmagandi. Shu tariqa, Ronaldu 2021/22 yilgi mavsumda kubok ko‘tarish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
eso
10/04/2022 11:36
E bechora