Ronaldu: EChL to‘purari bo‘lib turish juda ham yaxshi
Italiyaning "Yuventus" klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu EChLda to‘purarlik qilib turganidan xursandligini aytdi. Bu haqda Italiya nashrlari xabar berdi.
- EChLda eng kuchlilar o‘ynaydi. Shuning uchun bu musobaqada to‘purarlik qilib turganimdan xursandman. Bu juda yaxshi. Keyingi mavsum gollar uraman degan umiddaman, - dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu EChLda shu paytgacha 126 ta gol urgan. Undan keyingi o‘rinda 112 ta gol bilan Lionel Messi bormoqda.

Fikrlar