Ronaldu eng zo‘r to‘purar kim ekanini ko‘rsatib qo‘ydi

  • 20 dekabr, 2020, 10:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining navbatdagi turida “Parma” darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Tecno

Shu tariqa, portugaliyalik hujumchi 2020 yildagi gollari sonini 33 taga etkazib oldi. Ronaldu Evropaning eng kuchli besh chempionatida yil davomida ko‘p gol urish bo‘yicha “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskidan o‘zib ketdi. Polshalik hujumchi yil boshidan beri raqiblar darvozasiga 32 ta to‘p kiritgan edi.

Uchinchi o‘rinda borayotgan “Latsio” to‘purari Chiro Immobile hisobida 26 ta gol bor.

Ronaldu joriy mavsumda A Seriyada 12 ta gol bilan to‘purarlar bahsida yakka peshqadamga aylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!