Ronaldu: Gol urish mana bundoq bo‘ladi!

  • 4 dekabr, 2021, 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Arsenal”ga qarshi o‘yinda bir juft gol urib, jamoasining 3:2 hisobidagi muhim g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi. Shu bilan birga portugaliyalik yulduz faoliyatidagi rasmiy uchrashuvlarda kiritilgan gollari sonini 801 taga etkazib, rekord natija qayd etdi.

Tecno

Ronaldu klublar va terma jamoalar miqyosidagi rasmiy uchrashuvlarda 800 tadan ko‘p gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi.

Krishtianu gollaridan 115 tasini Portugaliya terma jamoasida nishonlagan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham jahonda birinchi o‘rin hisoblanadi.

Klublar miqyosida “Manchester Yunayted”da 130 ta, “Real”da 450 ta, “Sporting”da 5 ta va “Yuventus”da 101 ta to‘p kiritgan.

Ronaldu butun faoliyati davomida 58 ta xet-trik qayt etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!