
Ronaldu gol urish uchun tug‘ilgan
"Sporting" bosh murabbiyi Jorje Jezush Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichida "Real"ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan Madrid klubining portugaliyalik to‘purari Krishtianu Ronalduni maqtadi.
- Ronaldu gol urish uchun tug‘ilgan, - dedi Jorje Jezush. - U dunyoda hammadan ko‘p gol urayotgan hujumchidir. Krishtianu noyob iste’dod sohibi.
"Sporting" va "Real" o‘rtasidagi uchrashuv 22 noyabr kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar