Ronaldu: Italiyada gol urish Angliya va Ispaniyadagidan qiyinroq
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning fikricha Italiyada gol urish Angliya va Ispaniyadagidan qiyinroq.
“Italiyada gol urish Ispaniya yoki Angliyadagidan qiyinroq. Primeroda ko‘proq ochiq o‘yin bo‘ladi, A Seriyada esa himoyaviroq futbol namoyish etishadi. Bu erdagi jamoalar hujumga ikkinchi darajada qarashadi. Men Italiya chempionatini bu qadar kuchli deb o‘ylamagan edim”, - deydi 34 yoshli portugaliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum A Seriyada jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 19ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar