Ronaldu jahon chempionatida g‘alaba qozonish niyatida ekanligini bildirdi

  • 8 oktabr, 11:33
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu milliy jamoaning yaqinlashib kelayotgan o‘yinlari hamda jahon chempionatida g‘alaba qozonishni xohlayotgani haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Hozirgi vaqt haqida o‘ylash kerak. O‘yindan o‘yinga yaxshilanib borish lozim. Albatta, asosiy maqsad — jahon chempionatiga chiqish va g‘alaba qozonish. Ammo bu natijaga bosqichma-bosqich etib borish kerak. Hozir bizga ikkita uy o‘yini kutyapti. Roberto Martines aytganidek, har bir lahzadan zavq olish muhim. O‘z maydonimizda, muxlislarimiz bilan birga o‘ynaganda biz yanada kuchli bo‘lamiz. Portugaliya uchun o‘ynash men uchun sharaf. Men doimo muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashini his qilaman, hatto ishlar u qadar yaxshi ketmayotgan paytlarda ham. Ishonchim komilki, biz navbatdagi uchrashuvlarda muvaffaqiyatga erishamiz va jahon chempionatiga yo‘l olamiz", — dedi Ronaldu “O Bola” nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, hujumchi faoliyati davomida klublar safida 805 ta, Portugaliya terma jamoasida esa 141 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!